Fonon bonus kartalari

23/02/2026

Fonon bonus kartalari

Fonon o‘z mijozlari uchun imtiyozli bonus kartalarini taklif qiladi. Bunda har bir xariddan foizlar to‘planib, yig‘ilgan qiymat keyingi xarid uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, mijozlar tug‘ilgan kun va turli bayram chegirmalari, kompaniya muallifligidagi master-klasslar va ko‘rgazmalarga takliflarni qo‘lga kiritishlari mumkin. Natijada xarid estetik zavq bilan birga qo‘shimcha foyda ham olib keladi.

Bonus kartalari turlari

Fonon’da SILVER, GOLD, PLATINUM va VIP kabi 4 turdagi bonus kartalar mavjud.

SILVER — bu karta birinchi xariddanoq beriladi. Karta orqali siz oltin va brilliant buyumlar uchun ma’lum miqdordagi bonuslarga ega bo‘lasiz. Siz bu foizlarni jamg‘arib, ularni keyingi xaridlaringizda ishlatishingiz mumkin. Karta xarid qiymatidan qat’iy nazar beriladi. Taqdim etilgan barcha turdagi kartalar bo‘yicha bonuslar faqat zargarlik taqinchoqlaridan hisoblanadi. Oltin quymalari bundan mustasno.

GOLD — agar umumiy xaridlaringiz 50 million so‘mga yetsa, siz ikkinchi pog‘ona bo‘lmish Gold kartasiga o‘tasiz. Karta orqali sizga oltin va brilliant buyumlar xarididan ma’lum miqdordagi bonuslar taqdim etiladi. Agar siz birinchi xariddayoq 50 million so‘mga mahsulot xarid qilgan taqdiringizda karta sizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi. Ya’ni kartalar bir-biridan umumiy xarid miqdori bilan farq qiladi. Xaridingizning umumiy qiymati qaysi karta limitiga yetsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘sha karta sizga beriladi.

PLATINUM – keyingi bosqichda siz umumiy xarid summangizni 350 million so‘mga yetkazganingizda Platinium kartasiga ega bo‘lasiz. Ushbu karta orqali ham siz oltin va brilliant buyumlar xarididan ma’lum miqdordagi bonuslarga egalik qilasiz. Shuningdek, brilliant xaridlari bo‘yicha har chorakda qo‘shimcha 1% bonusga ega bo‘lasiz.

VIP – ushbu karta 750 million so‘m miqdordagi xaridni amalga oshirgan mijozlarga taqdim etiladi. Bu kartada ham avvalo oltin va brilliant buyumlarga turli miqdordagi bonus, brilliant xaridlari bo‘yicha har chorakda qo‘shimcha 1% bonus, tug‘ilgan kunda barcha xaridlarga 2% chegirmaga ega bo‘lasiz.

Bonus kartadan qanday foydalaniladi?

Fonon do‘konidan o’zingiz yoki yaqinlaringizga yoqqan istalgan mahsulotni xarid qiling. Xarid summasidan tushgan foizlar kartangizda jamlanib boradi. Belgilangan limitga yetganda, karta avtomatik ravishda keyingi darajaga o‘tkaziladi. Bonuslar keyingi xaridlar uchun ishlatiladi. Birinchi xariddanoq bonuslar hisoblanadi.

Nega Fonon bonus kartasi qulay?

Kartalar bepul rasmiylashtiriladi. Xaridlar ortgani sayin foyda ham ortadi. Doimiy mijozlar uchun maxsus imtiyozlar mavjud. Ular turli masterklasslar, ko’rgazma va namoyishlarga bepul taklifnomalarni qo’lga kiritishlari mumkin. Shuningdek, tug’ilgan kun va bayramlar uchun maxsus chegirmalarga ham egalik qilishlari mumkin.

Fonon bonus kartalari — bu sodiqlik uchun mukofot, ishonch uchun minnatdorchilik va xaridlaringizdan maksimal foyda olish imkoniyatidir.

Fonon bonus kartalari image 1
Fonon bonus kartalari image 2
Fonon bonus kartalari image 3
Fonon bonus kartalari image 4
Fonon bonus kartalari image 5

Yangiliklarimizga obuna bo‘ling