
17/01/2026
Zargarlikda to'g'ri tanlov — bilim ortidan keladi
Fonon’da allaqachon an’anaga aylanib ulgurgan, Oʻzbekistonda birinchi boʻlib Fonon tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan masterklassning navbatdagi soni boʻlib oʻtdi.
Ushbu masterklass nazariy va amaliy qismlardan iborat bo‘ldi. Dastlabki nazariya qismida ishtirokchilarga luks brendlar bo'yicha konsultant Ekrem Sağel tomonidan maxsus bilimlar berildi.
Amaliy qismi esa Fonon zargarlik uyi tijorat direktori Bekzod Solixov tomonidan o'tkazildi. Unda qatnashchilar o'rgangan nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq etishdi.
Masterklassda ayollar xalqaro standartlarga ko‘ra qimmatbaho toshlarning baholanish mezonlari, tabiiy va sun’iy toshlarni farqlash usullari, qimmatbaho toshlar sertifikatlari va ularning turlari haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Tadbir yakunida Fonon brendi nazokat timsoli bo‘lgan ayollarga sovg‘alar ulashdi.





















