
21/02/2026
Masterklasslar seriyasi davom etmoqda
Afsonaga ko‘ra, Fransiya qiroli Lyudovik XV o‘z sevgilisi Madam de Pompadurning lablari shaklidan ilhomlanib, zargarlarga shu shakldagi olmos kesimini yaratishni buyurgan. Shu tariqa markiz brilliant kesimi vujudga kelgan.
Bugun bunday ma’lumotlarni bilish — zargarlikda ongli tanlov qilishning fundamental asosidir. Fonon esa aynan shu yo‘nalishda dadil qadam tashlab, O‘zbekistonda ilk bor o‘z tashabbusi bilan an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan masterklasslarning navbatdagi sonini o‘tkazdi.
Mashg‘ulotda ishtirokchilarga O‘zbekistonda yagona bo'lgan, maxsus uskuna orqali tajriba ko'rsatildi. Tajribada qatnashchilar tabiiy va labaratoriya brilliantlarni real vaqt rejimida ajratib ko‘rishdi. Xalqaro tasdiqlangan sertifikatlar bilan tanishdilar.
Mashg‘ulot davomida bilimlar Fonon zargarlik uyining tijorat direktori Bekzod Solixov hamda luks brendlar bo‘yicha konsultant Ekrem Sağel tomonidan taqdim etildi.




















