
02/03/2026
YARD Business Club a’zolari Fonon zargarlik uyiga tashrif buyurishdi
Tashrif davomida mehmonlar FONON zavodining ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar. Ularga zargarlik buyumlari yaratilishining asosiy bosqichlari — 3D-loyihalashdan tortib, tayyor mahsulotning yakuniy sifat nazoratigacha bo‘lgan jarayonlar namoyish etildi.
![]() | ![]() |
Shuningdek, ishtirokchilarga zamonaviy uskunalar, xalqaro standartlar asosida yo‘lga qo‘yilgan ishlab chiqarish tizimi hamda korxonaning texnologik imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
![]() | ![]() |
Ekskursiya yakunida mehmonlar FONON shourumiga tashrif buyurib, brend kolleksiyalari bilan yaqindan tanishishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.











