Fonon va Saadi Couture hamkorligi davom etadi

23/03/2026

Fonon va Saadi Couture hamkorligi davom etadi

Yaqinda bo‘lib o‘tgan Saadi Couture namoyishida Fonon brend homiylaridan biri sifatida ishtirok etdi. Ko‘rgazmada Saadi Couture’ning sharqona ruhdagi liboslari Fononning milliy madaniyatimizni ifodalovchi jozibakor taqinchoqlari bilan uyg‘un holda namoyish etildi.

Podyumda taqdim etilgan Fonon taqinchoqlari go‘yoki moziydan hikoyalar so‘zlab, tariximizning boy va serqirra jabhalarini eslatdi. Ular ornament va naqshlar orqali sharqona ayol siymosini ramziy tarzda ifodalab, butun kolleksiyaga ma’no-mohiyat bag‘ishladi.

Shuningdek, tadbirda Fonon va Saadi hamkorligida yaratilgan kolleksiya ham ko'rgazmaga qo'yildi. Kolleksiya sharq madaniyatini va ruhiyatini o'zida aks ettirganligi bilan qiymatlidir.

Yangiliklarimizga obuna bo‘ling