Fonon’da navbatdagi masterklass bo‘lib o‘tdi

11/05/2026

Fonon’da navbatdagi masterklass bo‘lib o‘tdi

FONON zargarlik uyi tomonidan zargarlik buyumlarini ongli tanlashga bag‘ishlangan navbatdagi master-klass tashkil etildi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar brilliantlarning kelib chiqishi, sifati, xalqaro sertifikatlari hamda tabiiy va laboratoriya sharoitida yaratilgan brilliantlar o‘rtasidagi asosiy farqlar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.


Master-klassning amaliy qismida maxsus uskuna yordamida brilliantlarni tekshirish jarayoni namoyish etildi. Ishtirokchilar tabiiy va laboratoriya brilliantlarini real vaqt rejimida taqqoslab ko‘rishdi hamda xalqaro sertifikatlar bilan yaqindan tanishishdi.


FONON O‘zbekistonda ushbu formatdagi ma’rifiy master-klasslarni ilk bor o‘z tashabbusi bilan yo‘lga qo‘ygan zargarlik uyi sifatida, sohada bilimga asoslangan tanlov madaniyatini rivojlantirishga hissa qo‘shib kelmoqda.

Yangiliklarimizga obuna bo‘ling