
16/04/2026
Fonon’da yana bir iliq va esda qolarli kun.
Malayziyadan tashrif buyurgan mehmonlarimiz zavodimizga ekskursiya qilib, zargarlik buyumlari yaratilish jarayoni bilan yaqindan tanishishdi. Tashrif davomida ular ishlab chiqarish bosqichlarini ko‘rib, har bir mahsulot ortida turgan puxta mehnat, aniqlik va mahoratni his qilishdi.
Ekskursiya davomida mehmonlarimiz showroom’imizga ham tashrif buyurib, Fonon’ning nafis va zamonaviy zargarlik kolleksiyalarini ko‘zdan kechirishdi. Har bir modelda mujassam bo‘lgan nozik did, sifat va e’tibor ular uchun alohida taassurot qoldirdi.
Bunday tashriflar biz uchun juda qadrlidir. Chunki ular nafaqat Fonon faoliyati bilan yaqindan tanishtiradi, balki brendimiz qadriyatlari, yondashuvi va sifatga bo‘lgan e’tiborini xalqaro mehmonlar bilan bo‘lishish imkonini ham yaratadi.
Fonon — an’ana, mahorat va nafislik uyg‘unligi.






















