Fonon va Saadi Ethno hamkorligida yangi kolleksiya taqdim etildi

16/02/2026

Fonon va Saadi Ethno hamkorligida yangi kolleksiya taqdim etildi

Fonon hamda Saadi Ethno birgalikda taqdim etgan zargarlik kolleksiyasi Sharq falsafasini zamonaviy talqinda ifoda etadi. Ushbu to‘plam Sharqning eng oliy qadriyatlarini ornamentlar orqali hikoya qiladi. Undagi har bir detal o‘z nafosati va jilvasi bilan o‘ziga rom etadi, shakl va bezak uyg‘unligi esa asrlar qa’ridan yetib kelgan tarixiy ruhni jonlantiradi.

Oltin va noyob qimmatbaho toshlardan ishlangan ranglar palitrasi Sharqning ramziy qatlamlarini yuksak did bilan namoyon etadi. Mualliflik yondashuvida chizilgan to'plam dizaynida esa Sharq geometriyasi va naqsh logikasidan mahorat bilan foydalanilgan. Shu bois, kolleksiyadagi taqinchoqlar ayolning tabiat mo‘jizasi va o‘ziga xos xilqat ekanligini so‘zsiz ifodalashga qodir.

Bu kolleksiya — merosga hurmat va Sharq timsollarining zamonaviy ifodasidir.

Yangiliklarimizga obuna bo‘ling